35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

ISTIQBOL MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

 ISTIQBOL MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev Boldir mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va ehtiyojlari tinglandi.

Fuqarolarga kredit olish tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning kredit mablag‘laridan samarali foydalanishini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3