35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#qonun ijrosi #nazorat

Olmaliq shahar markaziy koʻchalarida Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 428-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida navbatdagi oʻrganish tadbirlari olib borildi.
Oʻrganish jarayonlarida:
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Faxriddin Matasimov va Sevar Qodirova;
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Neʼmatullayeva;
Shahar hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Alisher Subxonqulov ishtirok etishdi.

🔍 Asosiy eʼtibor ishchi guruh tomonidan hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari — “Ishonch” doʻkoni, “Organik” supermarketi, “Modo Korean Food” hamda “Antaliya” ovqatlanish majmualari tomonidan joylashtirilgan reklama bannerlari koʻzdan kechirildi.

Ushbu obyektlarda reklama matnlarining davlat tilida, imlo qoidalariga rioya etilgan holda hamda qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida tashkil etilganligi holati atroflicha tahlil qilindi.

✍️Eslatib oʻtamiz, tashqi reklama matnlari avvalo davlat tilida boʻlishi va amaldagi huquqiy meʼyorlarga toʻliq mos kelishi shart. Bu boradagi targʻibot va oʻrganish ishlari shahrimiz boʻylab davom etadi.

Slide 1 of 8