Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Ravshan Abdulxayevich Fazilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sevara Abdullayevna Ubaydullayeva va Erkin Ag‘zamovich Zohidov, shuningdek, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Marina Murzametova ishtirokida Yunusobod tumanidagi “Ahilobod” mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.
🤝Tashrif davomida fuqarolar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning holidan xabar olindi hamda mehr va e’tibor ko‘rsatildi.
✅Inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!