2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 11-A.Navoiy saylov okrugi deputati Mardanova Dilfuza Abduxalilovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflarni berdi:
🔹 Furqat mahallasi:
✅ Binafsha, Nafosat, Oqsoy, Shodlik va Navbahor ko‘chalarida 8 km ichki yo‘llarni asfaltlashtirish;
✅ 2 ta transformator hamda beton elektr ustunlarini o‘rnatish;
✅ Binafsha ko‘chasidagi ichimlik suvi inshootidan 6 ta ko‘chaga suv tarmoqlarini ulash.
🔹 A.Navoiy mahallasi:
✅ Shodlik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning 2 ta tom qismini ta’mirlash;
✅ Binolarning fasad qismini yangilash;
✅ Abdulla Tuqay ko‘chasining 300 metr qismini asfaltlashtirish;
✅ 1 ta transformator va 28 ta beton elektr ustuni o‘rnatish.