2026-yil 20–25-iyul kunlari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Raisi hamda Kengash kotibiyati mudirining deputat sifatida o‘z saylov okruglarida olib borgan faoliyati keng jamoatchilikka muntazam yoritib borildi.
📌 Hafta davomida mazkur yo‘nalishda jami 24 ta axborot posti ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
📍 Ushbu postlarda:
✅ saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar;
✅ aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
✅ hududlardagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rganish;
✅ deputatlik nazorati doirasidagi tashabbuslar va amaliy choralar;
✅ tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar yoritildi.
🤝 Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini muntazam yoritish ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi.