Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasida sessiya kun tartibi hamda ish tartibi masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibiga 6 ta masala kiritilgani ma’lum qilindi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, asosiy ma’ruzalar uchun 10 daqiqa, so‘zga chiquvchilar uchun esa 5 daqiqadan vaqt ajratilishi, sessiya ishini tanaffussiz olib borib, taxminan 1 soat atrofida yakunlash taklif etildi.
Mazkur taklif deputatlar tomonidan muhokama qilinib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan sessiya kun tartibi va ish tartibi tasdiqlandi.
Sessiya o‘z ishini belgilangan kun tartibi asosida davom ettirmoqda.