Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining bugun bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sessiya ishini olib borish uchun sessiya kotibini saylash masalasi deputatlar muhokamasiga qo‘yildi.
Yig‘ilishda 6-Gumbaz saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Saodat Isokovna Djumonova nomzodi sessiya kotibi etib saylash uchun taklif etildi.
Deputatlar tomonidan boshqa nomzodlar bo‘yicha takliflar bildirilmagach, mazkur nomzod ochiq ovoz berish yo‘li bilan ko‘rib chiqildi va deputatlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan Saodat Isokovna Djumonova sessiya kotibi etib saylandi.
Sessiya o‘z ishini tasdiqlangan kun tartibi asosida davom ettirmoqda.