📌 Deputatlik faoliyati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan saylov okrugiga qarashli "Cho‘yinchi" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
✅ Deputatlik faoliyati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishga xizmat qiladi.