35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🤝 Fuqaro murojaati deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan Sh. Rashidov mahallasida bolalar sport maydonchasi barpo etish masalasi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Navbahor ko‘chasida joylashgan eski mahalla binosi hududidan sport maydonchasi qurish uchun yer ajratish masalasi o‘rganildi.

Mazkur tashabbusni amalga oshirish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Yoshlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, mahallalarda sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2