35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#jarayon

#jarayon

“Navro'z” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi hudud deputati Nam Liananing vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan 2-saylov okrugi hududidagi “Navro'z” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalladagi xotin-qizlar faoli to‘g‘risidagi namunaviy nizom ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, xotin-qizlar faolining mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni samarali tashkil etish borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 3