Joriy yilning 17 iyul kuni Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman prokurorining katta yordamchisi S.To‘lqinov ishtirok etdi.
Kun tartibida: Tuman prokurori Sh.A.Zunnurboyevning tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquq - tartibotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2026-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqidagi axboroti to‘g‘risidagi masala namunaviy doimiy komissiya qarorlari tartibi bo‘yicha ko‘rib chiqildi va Kengashning navbatdagi 38-sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.