Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan "Yalong‘och ota" mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mahalla faollari, mas’ullar hamda "mahalla yettiligi" vakillari ishtirok etib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlarning o‘z vaqtida yetkazilishi, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud holatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, murojaatlarni tezkor va samarali ko‘rib chiqish hamda ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3