Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Azizbek Axmedov tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining II chorak ish yakunlari bo‘yicha hisobotini navbatdagi sessiya muhokamasidan oldin joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganishda doimiy komissiya a'zolari, komissiya raisi hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Komilov ishtirok etdi. Jarayonda hisobotda aks etgan ishlar va mavjud masalalar tahlil qilinib, sessiya muhokamasi uchun tegishli takliflar ishlab chiqildi.