Янгиликлар

#kotibiyat

✅2026-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tomonidan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini koʻrib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha hisobot (axborot)larini eshitilishini samarali tashkil qilish” mavzusida respublika seminari oʻtkazildi.

🌀Seminar videokonferensaloqa (ZOOM) orqali tashkil etilib, xalq deputatlari viloyat Kengashlari raislari, doimiy komissiyalar raislari, kotibiyat mudirlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

✍️Mazkur seminar davomida aholi murojaatlarini qonunchilik talablariga muvofiq samarali ko‘rib chiqish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mahalliy Kengash sessiyada davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobotini eshitish amaliyotini samarali tashkil etish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatma berildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3