Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh. Isamutdinov tomonidan uylar hududidan o‘tgan elektr tarmoqlarining holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaro tomonidan elektr energiyasi tarmoqlariga daraxt shoxlari xalaqit berayotgani, buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha murojaat bildirildi.
Murojaatga yechim topish maqsadida tegishli elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.
Mazkur saylov okrugi bo‘yicha hudud deputati M. To‘raboyev, mas’ul mutaxassis Z. Temirova.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati