Янгиликлар

Veterinariya sohasi bo‘yicha sessiya oldi o‘rganishlar davom etmoqda

Navbatdagi sessiyada tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining hisobotini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shu munosabat bilan deputatlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Deputat D. Tuychiyeva Uchtepa mahallasida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, veterinariya xizmatlari amaliyoti bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, chorva mollariga veterinariya pasportlarini rasmiylashtirish jarayoni, tizimning ishlashi hamda veterinar mutaxassislar faoliyati yuzasidan aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, soha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

To‘plangan ma’lumotlar sessiyada bo‘lim hisobotini muhokama qilishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 4