Янгиликлар

Sessiya oldi o‘rganish ishlari davom etmoqda

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining hisobotini o‘rganish maqsadida deputatlar tomonidan joylarda amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Deputat O'. Shukurov Do‘rmonsoy mahallasida bo‘lib, fuqarolar xonadonlarida veterinariya xizmatlari holati bilan tanishdi.

Xususan, chorva mollariga veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi, ushbu jarayonning amaldagi tartibi hamda veterinariya vrachlarining faoliyati yuzasidan aholi fikrlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga veterinariya xizmatlarining sifati, profilaktik choralar hamda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Sessiya oldidan to‘plangan ma’lumotlar bo‘lim hisobotini muhokama qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1