O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida mahallada 4 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ular orqali 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda mahallaning ko‘rinarli joylariga deputatga QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati, shuningdek, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqtlari ko‘rsatilgan axborot e’lonlari joylashtirildi. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan tashabbus fuqarolarga deputatlar bilan tezkor va qulay aloqa o‘rnatish, murojaatlarini elektron shaklda yuborish hamda qabul kunlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini yaratadi.