Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N. Himmatova Sherobod tumani hududida joylashgan 41-manzilli jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdi.

📍 Tashrif davomida muassasadagi mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga tavsiyalar bildirildi.

🤝 Bunday uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish yo‘lidagi muhim amaliy ishlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3