Янгиликлар

♿️ KO‘ZI OJIZ FUQAROLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

📖 O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–641) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati T. Yakubov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi K.Otaniyozov ko‘chasida joylashgan dorixonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida dorixonalarda ko‘zi ojiz fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning dori vositalaridan foydalanishi uchun qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud infratuzilmaning imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yanada qulay va to‘siqsiz muhit yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3