👩 Gulxumar Kuranbayevna Dosova
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati
📄 2026-yil 1-iyuldagi 88-ds-448-26-son deputat so‘rovi Shovot tumani hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B. Bayjonov nomiga yuborildi.
🏘 Istiqbol mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvlar va xonadonbay o‘rganishlar davomida Madaniyat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy tom qismi tabiiy ofat oqibatida jiddiy shikastlangani aniqlandi.
✅ Deputat so‘rovida mazkur ko‘p qavatli uy tom qismini belgilangan tartibda ta’mirlash, zarur choralarni ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
⏳ Shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq deputat so‘roviga 10 kun muddatda yozma javob berish belgilangan.
🤝 Deputat nazoratida: aholi muammolari – amaliy yechim sari! 🇺🇿