Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#_Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

1.O‘rganish jarayonida 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida Bandixon tumanida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, elektr ta’minoti tizimining amaldagi holati, mavjud quvvatlar, tarmoqlarning texnik holati hamda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati o‘rganib chiqildi.

2.Shuningdek, ushbu davr mobaynida yuzaga kelgan avariyaviy holatlar, ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, tarmoqdagi nosozliklarning oldini olish hamda modernizatsiya va ta’mirlash ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilindi.

3.O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

4.O‘rganish natijalari tahlil qilinib, aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan tegishli xulosalarni Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etish belgilandi.

Slide 1 of 6