Янгиликлар

Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvаnqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining joriy faoliyati, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, hududlarda olib boriladigan o‘rganishlar, deputatlar ishtirokidagi uchrashuvlar va nazorat tadbirlarini tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 1