Янгиликлар

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati X. Ibragimov "Iqbol" mahallasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul jarayonida mahalla yettiligi vakillari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, joylarda fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ijobiy hal etish, davlat organlari hamda aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi
. Bu kabi qabullar aholining manfaatlarini ta’minlash, ularning hayot sifatini yaxshilash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.                                                                

Slide 1 of 1