Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 UMUMTA’LIM MAKTABIGA TASHRIF BUYURILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Uch yog‘och” mahallasi hududida joylashgan 33-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.

🏫 Tashrif davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda maktabning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 O‘rganish yakunida maktab faoliyatini yanada takomillashtirish va o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4