Янгиликлар

Deputatlar sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib bordi.

Mazkur masala yuzasidan tumandagi “Sayrak” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Vaxshivorsoy” darasining qirg‘oqbo‘yi hududlarida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

O‘rganish natijalari tahlil qilinib, aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan tegishli xulosalarni Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etish belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 10