Янгиликлар

🏛 Yoshlar maslahat guruhi faoliyati o‘rganildi

🏛 Deputat tomonidan Yoshlar maslahat guruhi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Azizbek Erkinov tomonidan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida hududdagi yoshlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda yoshlar siyosatiga oid davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotidagi islohotlarga keng jalb etish va mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.
Deputat tomonidan yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.                                                   

Slide 1 of 1