Янгиликлар

Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi

#Kengash_sessiyalariga_oid

Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi

✍️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 1-iyundagi VII-27-68-7-100-K/26-sonli qaroriga asosan

-jinoyatchilik darajasi oshgan hududlarda kunlik nazoratni kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish va “xavfli hududlar”da patrullik xizmatini jadallashtirish;

-og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sonining oshganligi inobatga olinib, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur o‘rganish, shaxslar bilan individual profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda tezkor-qidiruv faoliyatini samaradorligini oshirish;

-mahallalarda ijtimoiy profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kengaytirish, oilaviy va maishiy nizolarni erta bosqichda bartaraf etish choralarini ko‘rish;

-jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ochiqlik darajasini oshirish maqsadida texnik kuzatuv vositalari (videokuzatuv kameralar) qamrovini kengaytirish, tahliliy ishlarni kuchaytirish va axborot almashinuvini tezlashtirish;

-kiberjinoyatlar ulushining yuqoriligi inobatga olinib, aholining raqamli savodxonligini oshirish, firibgarlik va internet tarmoqlaridagi jinoyatlarga qarshi profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifalari yuklatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1