Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati X. Xojidinov tomonidan Sherobod tumani “Vandob” mahallasi Sherjon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

📝 Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5