11-Telov saylov okrugi deputati, Ekologiya partiyasi a’zosi Mirzohid Komilov tomonidan Telov mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilib, amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarining sifati va holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ayrim hududlarda yangi yotqizilgan asfalt qoplamalari orasidan o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqayotgani aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik murojaati kiritildi.
Masala deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanmoqda.