Янгиликлар

Tabiat uchun birlashaylik!

5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Beruniy tuman partiya tashkiloti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputatlari B.Xidirbayev hamda M.Durdibayeva, partiya faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining mazmun-mohiyati, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida “Tabiat uchun” ekologik aksiyasi doirasida yoshlar ishtirokida turli xil gul ko‘chatlari ekilib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shildi.

Slide 1 of 4