Oltiariq tumani "21-Paxtaobod" saylov okrugi hududida tuman Kengashi deputati Q.Axmedov o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xususan Gulobod MFY S.Ayniy ko‘chasida joylashgan 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti xududi atrofini o‘rab turuvchi devorlar nobop bo‘lib qolganligi tufayli buzilganligi, MTM atrofini 162 metr aylana devor bilan o‘rash lozimligi aniqlandi. Mazkur xolatni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.