Янгиликлар

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.X.Mirzayev tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Sotvoldiev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda aholi tomonidan bildirilgan muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Mazkur deputat so‘rovi fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va hududdagi dolzarb masalalarning yechimini topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1