Янгиликлар

#24_ta_masala

“Ovchi” mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati А.Egamberdiyev va mahalla nuroniylari ishtirokida mazkur obyektga tashrif buyurilib, olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi o‘quv binosini barpo etish rejalashtirilgan. Ayni paytda qurilish maydonida belgilangan reja asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganishda qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, loyihaning tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7