Янгиликлар

#96_qonun #Qonun_ijrosi

Ko‘pchilikda bir savol tug‘iladi: Xalq deputatlari Kengashi qabul qilayotgan qarorlar qanday huquqiy kuchga ega va ular kimlar uchun majburiy?

O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida aynan shu masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra:

🔹 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qarorlar qabul qiladi;

🔹 Hokim esa qaror va farmoyishlar chiqaradi;

🔹 Kengash hamda hokim tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar maxsus Yagona elektron tizim orqali ishlab chiqiladi, kelishiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
🔹 Ro‘yxatdan o‘tmagan hujjatlar huquqiy asos bo‘la olmaydi;
🔹 Kengash va hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar hududdagi barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 1