Янгиликлар

Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa

    Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 20-Tajriba­kor saylov okrugi deputati, tuman hokimi O.Djuraev, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi S.Turdiev hamda viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘.Abdiev rahbarligida muhim yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda: Jinoyatchilikning oldini olish, Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish, Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4