🔰Fuqarolarga berilgan uy-joylar monitoringdan o‘tkazildi
🔰Fuqarolarga berilgan uy-joylar monitoringdan o‘tkazildi
🏦Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Valiyeva tomonidan “Do‘stlik” MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 737-son qarori asosida fuqarolarga ajratilgan uy-joylarning holatini o‘rganish va monitoring qilish ishlari amalga oshirildi.
🔎 Monitoring davomida mazkur uy-joylardan maqsadli foydalanilishi, yashash sharoitlari, kommunal xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar o‘rganildi.
🏠 O‘rganish jarayonida uy egalari bilan bevosita muloqot qilinib, ularning bugungi kundagi ijtimoiy ahvoli, mavjud muammolari va ehtiyojlari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Ayrim fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
📝 Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi, murojaatlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🤝 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.