Янгиликлар

Davlat xizmatlari, FHDYo organlarida xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 5-“Metallurg” saylov okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Sharipova va 1-“Yangihayot” saylov okrugi deputati O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov hamda shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Tuychiyev shahardagi Davlat xizmatlari va FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-sonli Qarori va boshqa normativ hujjatlar asosida Davlat xizmatlari markazi aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda 517 ta turli sohaga oid markaz tomonidan xizmatlar ko‘rsatilib, bir kunda o‘rta hisobda 250-300 nafar fuqarolarga malakali xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bekobod shahar FHDYo bo‘limi tomonidan joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra 179 ta nikohlar qayd etilgan bo‘lib, ja’mi shahar bo‘yicha 4 oylikda 56 ta ajrimlar qayd etilgan. Ajrimlarni oldini olish yuzasidan mahalladagi Xotin-qizlar faollari bevosita oilalar bilan ishlab, yarashtirish yuzasidan hamkorlikda ishlashda bo‘shliqlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shahar Xotin-qizlar va oila bo‘limi mas’ullar
bilan ushbu masalani birgalikda nazoratga olishga kelishib olindi.
  

Slide 1 of 3