Янгиликлар

“Yashil makon” loyihasi doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

“Yashil makon” loyihasi doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov, deputat K.Abdullayeva hamda Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i I.Xayitov bilan birgalikda “Yangihayot” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Kontaktsilk” MCHJ asfalt zavodida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan 5000 tup daraxt ekish rejasining ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida korxona hududida turli xildagi manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilgani, hududni yashillashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilgani va belgilangan vazifalar to‘liq bajarilgani bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hudud ekologik holatini yanada yaxshilash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6