Янгиликлар

Yashnobod tumanida avlodlar uchrashuvi – tajriba va shijoat uyg‘unligi!

❗️ Yashnobod tumanida “Uch avlod uchrashuvi” doirasida mazmunli va samimiy tadbir tashkil etildi. Unda nuroniylar va yoshlar bir davrada jam bo‘lib, hayotiy tajriba, donishmandlik va kelajakka ishonch mujassam bo‘lgan suhbatlar olib borildi.

📌 Tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati B.Xudoyarov ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.
Uchrashuv davomida nuroniylar yoshlarga hayot sinovlaridan o‘tish, to‘g‘ri yo‘l tanlash, sabr, mehnat va halollikning ahamiyati haqida qimmatli maslahatlar berdilar.

❗️ Bunday uchrashuvlar – avlodlar o‘rtasidagi ko‘prik, tajriba va energiyaning uyg‘unlashuvi, jamiyatimizning mustahkam poydevoridir.

“Kecha saboq – bugun harakat, ertaga muvaffaqiyat!”

Slide 1 of 1