Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan muloqot o‘tkazildi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi bo‘yicha Boyqishloq mahalla raisi bilan suhbat tashkil etildi.

💬 Suhbat davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni tizimli hal etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📎 Uchrashuvda mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholining farovonligini oshirish va joylardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4