Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar FHDYO bo‘limida bo‘lib, uning bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida qulaylik yaratish, tezkorlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullar tomonidan fuqarolarga yanada sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati