Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.