Янгиликлар

Deputatlar Istiqlol mahallasidagi sharoitlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yulchiyev, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenovlar tomonidan Istiqlol mahallasiga tashrif amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari hamda ularga tutash hududlarning tozalik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahallada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Mazkur hududlarda yoritish tizimining holati, tungi vaqtlarda aholi uchun yaratilgan qulayliklar ham batafsil tahlil qilindi.

Slide 1 of 2