Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Mahallada videokuzatuv tizimini rivojlantirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan S.Abdulla mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektori Sh.Tulqinov bilan hamkorlikda mahalla hududini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalarning kirish va chiqish qismlariga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining texnik holati, ularning uzluksiz ishlashi, mavjud kuzatuv tizimining samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida videokuzatuv kameralari sonini ko‘paytirish, ularni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash va kuzatuv qamrovini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahalla ko‘chalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, qo‘shimcha videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi zarur bo‘lgan nuqtalar aniqlandi. Xususan, fuqarolar gavjum bo‘ladigan hududlar, ichki ko‘chalar hamda kirish-chiqish yo‘laklarini to‘liq qamrab olish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3