Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati T.Rahimovning deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari L.Muqimov hamda G.Mahammadievalar ishtirokida amaliy ko‘mak ishlari olib borildi.

🔷Ko‘mak ishlari davomida deputatlik okrugidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

🔷Shuningdek, deputatlar o‘rtasida taqsimlangan eng muhim 162 ta qonun ijrosini joylarda o‘rganish, qonunlarning amaliy ijrosi holatini tahlil qilish hamda aholi o‘rtasida ularning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

🔷Bundan tashqari, deputatga biriktirilgan 24-masala bo‘yicha hududlarda o‘rganish ishlarini tashkil etish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ularning yechimi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli uslubiy va amaliy tavsiyalar berildi.

✅️Uchrashuv yakunida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, saylov okrugidagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, qonunlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3