Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
EKOLOGIYA SOHASIDAGI ISHLAR PARTIYA GURUHI TOMONIDAN NAZORAT TARTIBIDA O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlarning partiya guruhi tomonidan deputatlik nazoratining samarali shakllaridan biri sifatida Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi boshlig‘i B.Qurbonovning 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti nazorat tartibida o‘rganilmoqda.
✔️O‘rganish jarayonida tuman hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda.
✔️Shuningdek, hisobotda belgilangan vazifalarning ijrosi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, davlat ekologik nazorati samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda.
✔️Partiya guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish natijalari asosida soha faoliyatini yanada takomillashtirish, ekologik nazoratni kuchaytirish, aholi uchun qulay va sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda ularning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.
✔️Mazkur nazorat tadbiri ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va hududning ekologik barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4