Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Хalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J. Hamroyev hamda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov Navoiy shahridagi Taraqqiyot mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda mahallada osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla raisi va yettilik a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Mahalladagi "mahalla yettiligi" hamkorligining samaradorligi, idoralararo hamjihatlik va murojaatlar bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4