Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Хalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J.Hamroyev hamda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov va B. Umarov Navoiy shahridagi Guliston mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mahallada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurilish ishlarining borishi, belgilangan loyiha va grafik asosida amalga oshirilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda pudratchi tashkilot tomonidan bajarilayotgan ishlar holati yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Mutasaddilar tomonidan yo‘l qurilishi jarayonida sifat talablariga qat’iy rioya etish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Guliston mahallasi faollari va fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida yo‘l qurilishi ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qurilish jarayonini doimiy nazorat qilib borish hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2