Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 Aholi murojaatlari bilan ishlashda samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan tashkil etilgan onlayn seminarda Tuproqqal’a tuman Kengashi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini eshitish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida tuman Kengashi raisi, doimiy komissiya raislari, kotibiyat xodimlari, prokuratura hamda Xalq qabulxonasi vakillari tomonidan tajriba almashilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 🤝

Slide 1 of 2